30 iyu 17:19
Yangiliklar
Boshqalar, Tokio-2020
Tokio-2020 tashkilotchilari harajatlarni 400 million dollarga qisqartirishdi
XOQ vice-prezidenti Jon Kouts Tokio-2020 Olimpiadasi tashkilotchilaring harajatlarni qisqartirish qarorini qo'llab-quvvatladi.
"Harajatlarni kamaytirish kelajakda Olimpiadani qabul qilmoqchi bo'lgan shaharlarga yaxshi bo'ladi. Biz ularni bu usulda qo'rqitib yubormasligimiz kerak. Ularni tanlovda ishtirok etishga qiziqtirishimiz lozim.
Bu qisqartirishlar nafaqat mamlakat va soliq to'lovchilar uchun, balki XOQ uchun ham muhimdir", - deydi Kouts.
Malumotlarga qaraganda, Tokio Olimpiadasi uchun harajatlar 16,1 milliarddan 15,7 milliardgacha tushirilgan.
Havola :
Manba : Reuters
Fikrlar