So’nggi yangiliklar

11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0

07 noy 08:52
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020 yo'lida federaciyalarga biriktirilgan masul tashkilotlar oldiga vazifalar belgilab berildi

Teglar :  OlimpiadaTokioMOQ
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan federaciya (associaciyalar) va ularga biriktirilgan masul tashkilotlar o'rtasida qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishni MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda muhtaram Prezidentimizning 4 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalasida o'tkazgan videoselektorida sohani rivojlantirish yo'lida bergan topshiriqlari masalasiga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Yig'ilish davomida Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan federaciyalarga biriktirilgan masul tashkilotlar yana bir marta tanishtirilib, ularning oldida turgan vazifalari eslatib o'tildi.

“Bu borada “Pepsi”, “Qizilqumcement”, «Asaka bank” kabi tashkilotlarimiz o'z ishlarini boshlab yuborishdi. Ularga chuqur minnatdorchilik bildirib o'taman. SHu o'rinda qolgan masullarimizni ham ulardek faol bo'lishga chorlab qolardim. Sizlardan so'raladigan narsa Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rayotgan asosiy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash va o'sha sportni targ'ib qilish yo'lida jonbozlik ko'rsatish. Ularning bazalariga borib o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'ring, kunlik grafiklari bilan tanishib chiqing. Bu federaciyalar bilan ishlashda ancha qulay bo'ladi. Sohada katta tajribaga ega har bir federaciyaga biriktirilgan mutaxassislarimiz bu borada sizlarga yordam berishga tayyor”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Yig'ilish davomida har 10 kunda belgilangan masul tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr va tajriba almashib borish bo'yicha qaror qilindi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing