So’nggi yangiliklar

19:31Отабек Холматовнинг бир йиллик танаффусдан кейинги илк жанги муддатидан олдин якунига етди 0 19:01Баҳодир Жалолов ва Отабек Холматов рингга кўтариладиган Қозоғистондаги бокс оқшомидан ОНЛАЙН 0 18:01"Мераб шоу қилди, ҳакамлар эса унга ишонишди" - Мендес Умарнинг мағлубияти ҳақида гапирди 1 17:39Усик – Дюбуа жангининг тахминий вақти ва манзили маълум қилинди 0 17:17Криштиану Роналду Ла Лига клубини харид қилиши мумкин 0 16:55Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ сабаб туфайли яна бир мусобақада қатнаша олмайдиган бўлди 0 16:32Бен Аскрен Двалишвили - О'Мэлли реваншидан норози 0 16:10Сергей Фомин Анталиядаги M25 турнири финалига йўл олди 0 15:48"Реал" футболчиси Саудия Арабистонида йилига 15 млн евро маош олиши мумкин 0 15:23Бугун Баҳодир Жалолов ва Отабек Холматов Астанада рингга кўтарилади (жанг вақти + трансляция) 0 15:00От йўрттириш бўйича Республика чемпионати ўтказилди 0 14:38Манба: Ислам Махачев 10 май куни рақибини аниқлаб олади 0 14:17"Реал"га бразилиялик юлдузни 70 млн еврога сотиш таклиф қилинди 0 13:53Баҳодир Жалолов 2025 йилда нечта жанг ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 13:28Ойбек Касимов Осиё стол тенниси иттифоқи Бош директори билан қитъа чемпионатига тайёргарлик масалаларини муҳокама қилди 0

26 fev 16:38
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

Tokio-2020 yo'lida: Tezkor shtab malumoti, liboslar taqdimoti va boshqalar haqida

Bugun, 26 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasida katta tadbir tashkil etildi.

Tadbirning birinchi qismida Tokio-2020 Olimpiadasi uchun tuzilgan tezkor shtab malumot berib o'tdi.  

Unda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari uchun tuzilgan tezkor shtab boshlig'i, O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi raisi SHerzod Toshmatov, MOQ matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo'jaev, MOQ olimpiya sport turlari federaciyalari faoliyatini koordinaciya qilish departamenti direktori Alisher Karimov hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Dastlab MOQ vakili Alisher Karimov Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha, olib borilayotgan ishlar masalasida malumot berdi. 

SHuningdek, SHerzod Toshmatov Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarga individual yondoshuv, ularning jismoniy va psixologik holatiga alohida etibor berish, ularda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida etibor berilayotganini qayd etdi. 2020 yilgi Olimpiada oldidan xalqaro yig'inlar, musobaqalarda ishtirok oshganligi aytib o'tildi. 



SHundan so'ng OAV o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

-Doping bilan tushgan sportchimiz bo'yicha qanday choralar ko'riladi, har holda uni tayyorlash uchun ozmuncha mablag' ketmagan? (Erkin kurashchimiz Hasanboy Rahimov nazarda tutilmoqda -A.T)

-Hozir aynan qaysi modda bo'yicha doping tahlili ijobiy natija berilganini aniqlashimiz lozim. Balki, u shamollashga qarshi doridandir. Barchasi aniq bo'lganidan so'ng associaciya sportchiga chora ko'radi. Agar bu tasdiqlanmaydigan bo'lsa, sportchi buni isbotlashi lozim bo'ladi. Ushbu holat chuqur o'rganib chiqilgach, aniq qarorga kelinadi. 


-Takevondo bo'yicha yana licenziyalar bo'lishi mumkinmi?

-Takevondoda reyting dekabr oyida yakunlandi. Nikita Rafalovich bu bo'yicha licenziga ega bo'ldi. Osiyoda licenzion musobaqa Xitoyda bo'lishi lozim edi, Iordaniyaga ko'chirildi. Endi bizda ayollar o'rtasida 2 ta, erkaklar o'rtasida 1 ta licenziya olish imkoniyati mavjud. Biz harakat qilamiz. Ammo, bu oson bo'lmaydi.


-Dzyudo bo'yicha -60 kg vazn toifasida ikki sportchimiz licenziya zonasida turibdi. Ular o'rtasida tanlov qanday bo'ladi? Olimpiadada medal qo'lga kiritgan O'rozboevga imkon beriladimi yoki ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Lutfullaevgami?

-Har bir sport turida adolat bo'lsa, o'sha sport turi rivojlanishi, natijaga erishish tezroq bo'ladi. Dzyudo bo'yicha ham yangi rahbariyat tomonidan katta ishlar olib borilmoqda. Kuchli sportchilarga doimo raqobatchi bor. Ishonamanki, bu borada federaciyada aniq va puxta strategiya ishlab chiqilgan. U erda xorijiy kuchli murabbiylar ish olib borishmoqda. Ular har bir vazn toifasini alohida ko'rib chiqishadi va iqtidorli, natijaga erishish uchun tayyor turgan sportchiga imkon berishadi. 

Masalan boksda ham Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni SHahram G'iyosov bo'lsada, yosh va g'alabaga chanqoq Bobousmon Baturovga imkoniyat berildi. Kim borishidan qati nazar, Olimpiadaga eng kuchlilar borishadi. 


-Tokiodan nechta medal ko'zlanmoqda? Qaysi sport turlaridan?

-Biz aynan qaysidir sport turidan medal olamiz deyishimiz noto'g'ri bo'lsa kerak. Ammo, bizning o'z rejamiz bor. Lekin, uni ommaga elon qila olmaymiz. May oyida ko'p narsaga aniqlik kiritib olamiz. Agar aynan qaysidir sport turidan medal olamiz deb aytak, sportchilarga bosim yuklab qo'ygan bo'lamiz. Bu borada alohida ish tahlil asosida olib borilmoqda. 



SHundan so'ng, tadbirning ikkinchi qismi - Tokio-2020 Olimpiadasi uchun rasmiy sport ekipirovkalari taqdimoti o'tkazildi. 

Unda Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti prorektori Xalida Kamilova, MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ham ishtirok etdi. 

"Bu borada ish ancha vaqt oldin boshlangandi. Ekipirovkaga shaxsan mamlakatimiz prezidenti tomonidan etibor qaratildi. Sir emaski, bunday liboslar Respublikamiz imidjiga ham tasir qiladi. Unda gigienik, estetik va moda tomonlariga ham etibor qaratilgan. 2019 yil avgust oyida ekipirovka bo'yicha tanlov elon qilingandi. Jarayon uzoq davom etdi. Unda 100 dan ortiq dizayner ishtirok etdi. Bu yo'lda turli ishlarni ko'rib chiqdik. 

Taqdirlash uchun alohida libos, mashg'ulot uchun alohida, futbolka, polo, sviter, tolstovka, suv o'tkazmaydigan engil kurtkalar, shortik, paypoq, sochiq, ryukzak, umumiy hisobda 15 hil element ko'rib chiqildi. Ular prezidentimizga ham ko'rsatildi. Kiyimlar tanlashda Tokio iqlimi ham hisobga olingan. Liboslarning 95 foizi paxtadan. Liboslarda xalqaro talablar, milliylik, gigienik tomonlama talablarga javob berishi alohida etiborga olingan. 



Eng muhtim talab shunday ediki - ular o'z mamlakatimizda tayyorlangan bo'lishi lozim edi. Mamlakatimiz rahbari mahalliy dizaynerlar, mahalliy mahsulotlar tomonidan tayyorlangan liboslar bo'lishi lozimligiga alohida etibor qaratdilar. 


Liboslarimizda asosan ko'k, yashil va qaymoqranglardan foydalandik. Ammo, bu kiyimlar hozircha tasdiqdan o'tdi deya olmaymiz. O'ylaymanki, ikki haftadan keyin bu borada yakuniy variantlar tanlanadi. Oyoq kiyimlar ham o'zimizda tayyorlanadi. Yoz sharoitiga mos. 

Kamoliddin Ergashev: Dizayn ustida katta jamoa ish olib bordi. Bu borada tanlov elon qilindi, unda ko'plab ishtirokchilar qatnashdi. Har bir sportchi uchun individual libos tayyorlanadi. CHunki, baquvvat og'ir atletikachi bilan bo'yi uzun taekvondochining farqi bor. Bu jihatlarga albatta etibor beriladi.

SHundan so'ng har bir libosning hususiyati dizayner tomonidan tushuntirib berildi.

Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov


Yanada ko'proq ekipirovkalar suratlari > > > O'zbekiston Tokio-2020 Olimpiadasida qanday liboslarda qatnashadi? + FOTO



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing