So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

23 iyu 20:33
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020da lotereya biletlari o'ynaladi

Teglar :  Tokio-2020
Bu haqda bugun Olimpiya o'yinlarini o'tkazish tashkiliy qo'mitasi prezidenti Seyko Xashimoto malum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasining tantanali ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek 8 ta sport turi bahslarini bevosita tomosha qilish uchun shu paytgacha sotilgan biletlar o'rtasida lotereya o'yini o'tkaziladi.

Tashkiliy qo'mita malumotida aytilishicha, Olimpiya o'yinlariga sotilgan 4,48 million biletdan 840.000 mingtasi pandemeya tufayli qaytarib berilgan. O'tkaziladigan lotereya o'yini joriy qilinadigan sistema asosida aynan shu chipta sohiblari o'rtasida o'tkaziladi. Lotereyada g'olib chiqqanlar 6 iyulda, yani Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanishiga 17 kun qolganda elon qilinadi.

Lotereya sohiblari Olimpiya o'yinlarining ochilish, yopilish marosimlarida va engil atletika, beysbol, futbol, golf, zamonaviy beshkurash, regbi-7, softbol va serfing sport turlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo'lishadi.

Har bir sport majmuasiga kiritiladigan tomoshabinlar soni pandemeyadan himoyalanish uchun 50 foizga qisqartiriladi. Yani, musobaqa o'tadigan sport majmuaga ishtirokchilarning joylashuvidan kelib chiqib ishqibozlar soni 910 000 dan 2,72 milliongacha qisqarishi mumkin. O'yinlar mobaynida barcha qatnashchilar niqobda bo'lishi shart, deya iqtibos keltirgan Seyko Xashimoto.

SHu o'rinda aytish joizki, Yaponiyada o'tadigan Olimpiya va paralimpiya o'yinlariga xorijiy ishqibozlar qo'yilmasdan, mahalliy muxlislarga ruxsat berilgan. Tashkiliy qo'mita axborotida keltilishicha, agarki COVID-19 bilan bog'liq ichki vaziyat Yaponiyada yana xuruj qiladigan bo'lsa, barcha tadbirlar tomoshabinlarsiz o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, yozgi Olimpiya o'yinlari joriy yilning 23 iyul – 8 avnust kunlari, paralimpiya o'yinlari esa 24 avgust – 5 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. 

To'lqin RO'ZIEV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing