09 dek 08:56
Yangiliklar

Tokio "Katta Dubulg'a" turnirida mezbonlar 14 ta oltindan 13 tasini begona qilishmadi
Ikki kunlik musobaqada dunyoning 5 qitasi 44 davlatidan kelgan jami 274 (149 erkak, 125 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqdi. Yurtimiz sharafini birgina vakilimiz Muzaffarbek To'raboev himoya qildi. Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori o'zi uchun yangi vaznda imkoniyatini sinab ko'rdi. +100 kg vaznda kurashgan To'raboev ilk davradayoq yaponiyalik dzyudochi Kanta Naganoga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Etiborlisi shundaki, Yaponiya terma jamoasi 14 ta vazn toifasidan 13 tasida oltin medallarni qo'lga kiritdi. Birgina -100 kg vaznda Matvey Kanikovskiy chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. IJF bayrog'i ostida kurashgan rossiyalik sportchi finalda italiyalik Jennaro Pirellini mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan barcha vaznlarda mezbonlar g'alaba nashidasini surishdi.
Fikrlar