So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

28 apr 15:17
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio Olimpiadasi 2021 yil o'tkaziladimi? Tashkiliy qo'mita bunga amin emas

Teglar :  Tokio-2020Olimpiada
Xabaringiz bor, Yaponiyaning Tokio shahrida joriy yil o'tkazilishi kerak bo'lgan yozgi Olimpiya o'yinlari bir yilga kechiktirilgandi.

Musobaqa tashkiliy qo'mitasi vakillaridan biri Yosiro Morining so'zlariga ko'ra, pandemiya kelasi yil ham davom etsa va uning nazorati izdan chiqsa, bo'lajak Olimpiada butunlay bekor qilinishi ham mumkin.

XOQ Olimpiadaning 2021 yilga ko'chirilishini tushuntirdi

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi mart oyining oxirlarida koronavirus pandemiyasi sabab Olimpiya o'yinlarini 2021 yilga qoldirish haqida aytib o'tgan edi. Yangi rejaga ko'ra, o'yinlar 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar davom etadi. Morining so'zlariga ko'ra, Olimpiadani mazkur sanalardan ham keyinga surishning imkoni yo'q.

Tokio Olimpiadasi XXI asrda qoldirilayotgan Olimpiya o'yinlarining dastlabkisi sifatida tarixga kirmoqda. O'tgan asrda urish harakatlari bilan 1916 yil Berlin, 1940 yil Tokio va 1944 yil Londonda o'tishi kerak bo'lgan Olimpiya o'yinlari bekor qilingan edi. SHuningdek, 1972 yil Myunxenda o'tgan Olimpiya o'yinlari ham terakt sabab to'xtatilgan, ammo vaziyat yumshagach bahslar yakuniga etkazib qo'yilgan edi.

Vakcinasiz Olimpiada imkonsiz

Agar samarali vakcina topilmasa, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining kelasi yil o'tkazilishi ham so'roq ostida qolishi mumkin, deb o'ylaydi Yaponiya shifokorlar associaciyasi rahbari Yositake Yokokura.

“Menimcha, samarali vakcina topilmas ekan, Olimpiadaning o'tkazilishi so'roq ostida bo'ladi. Biz maksimal darajada COVID-19ga qarshi vakcina topishga harakat qilamiz”, – deydi Yokokura Kiodo agentligiga bergan intervyusida.

Associaciya rahbari o'z nutqi davomida muammo nafaqat Yaponiya, balki butun dunyodagi vaziyat bilan ham bog'liqligini qo'shimcha qilib o'tdi.

“Bu vaqtda (Olimpiya o'yinlari o'tadigan muddat) infekciyaning butun dunyo bo'ylab tarqalishining qanday holatda bo'lishi barcha masalaga oydinlik kiritib beradi. Bunday paytda Yaponiyada kasallanganlik holati yaxshilangan bo'lsa ham, infekciyaning butun dunyo bo'ylab keng tarqalgani Olimpiya o'yinlarining o'tishini so'roq ostida qoldirishi mumkin”, – deydi Yokokura.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing