29 mar 10:39
Yangiliklar
Tokio Olimpiadasi licenziyalari uchun kurashadigan tarkibimiz malum
Uch kun davomida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari Olimpiada yo'llanmalari uchun gilamga chiqishadi.
Erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari Qozog'istonga boradigan tarkibni aniqlab olishdi. Erkin kurashchilarimiz Almatida 6 ta, yunon-rum kurashchilarimiz esa 3 ta yo'llanma uchun bahslarga kirishadilar. Ikki yil avval Nur-Sultanda o'tgan jahon chempionatida klassiklarimizdan Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.
Erkin kurash terma jamoasi tarkibi:
57 kg: G'ulom Abdullaev
65 kg: Ilyas Bekbulatov
74 kg: Bekzod Abdurahmonov
86 kg: Javrail SHapiev
97 kg: Magomed Ibragimov
125 kg: Maqsud Veysalov
Bosh murabbiy - Olim Hikmatov
Murabbiylar - Abdurauf Bozorboev, Ali Ahmedov
Yunon-rum kurashi terma jamoasi tarkibi:
67 kg: Aram Vardanyan
97 kg: Jahongir Turdiev
130 kg: Mo'minjon Abdullaev
Bosh murabbiy - Ravshan Ro'ziqulov
Murabbiylar - Rustam Qudratov, Zaza Silagadze.
Fikrlar