12 noy 15:26
Yangiliklar
Tokio Olimpiadasi paytida xorijlik tomoshabinlar uchun karantin bekor qilinishi mumkin
Manbaga ko'ra, muxlislarga Yaponiyaga kelgandan keyin jamoat transportidan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin, ammo ular o'z vatanidan chiqib ketayotganda va Yaponiyaga kirib kelgandan so'ng koronavirusga test topshirishlari shart. SHu bilan birga, Kunchiqar mamlakat hali xorijlik tomoshabinlarni qabul qilish-qilmaslik to'g'risida yakuniy qaror qabul qilmagan.
Oldinroq Yaponiya hukumati Olimpiada ishtirokchilariga Yaponiyaga kelgandan so'ng, shuningdek, o'yinlar tugashi bilan mamlakatni tark etishdan oldin koronavirus tekshiruvidan o'tishni majburiy qilishi haqida xabar berilgan edi. Agar chet eldan kelgan sportchilarda manfiylik sertifikati bo'lsa, ular ikki haftalik karantindan o'tmaslikka ruxsat beriladi.
Fikrlar