06 fev 16:05
Yangiliklar
Dzyudo
Tokio Olimpiadasi sovrindori 18 soniyada raqibini taslim etdi
Parij tatamilarida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Biroz avval -90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Davlat Bobonov musobaqadagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. Tokio Olimpiadasi sovrindori ikkinchi davra bahsida koreyalik Jeon Ji Vonga qarshi bahs olib bordi va ippon bahosi bilan g'alaba qozondi. Ji Von birinchi bosqichda kamerunlik Kevin Budandan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar