20 iyu 21:49
Yangiliklar
Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi rossiyaliklarning Olimpiya shaharchasi haqidagi shikoyatlariga javob qaytardi
Avvalroq ruslarning xonalarida na televizor, na muzlatgich va na hojatxona yo'qligi haqida xabar berilgan va jamoa azolari: "O'rta asr Yaponiyasiga o'xshaydi" deyishgan edi.
"Biz qulay joy bilan taminlash uchun hamma narsani tayyorladik deb hisoblaymiz. Eng qisqa vaqt ichida muzlatgichlar va televizorlar bo'yicha chora ko'ramiz. Ammo avval, ushbu masalaga Rossiya tomoni bilan oydinlik kiritishga ijozat bering. Biz qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz", - deya Seyko Xasimotoning so'zlarini keltirmoqda Nikkan Sports nashri.
Tashkiliy qo'mita malumotlariga ko'ra, Rossiya tomoni pullik televizor yoki muzlatgich o'rnatish uchun ariza bermagan, yani buning uchun qo'shimcha to'lovni amalga oshirmagan.
Fikrlar