20 noy 12:38
Yangiliklar
Tokio Olimpiadasida sportchilar soni kamaytirilmaydi
“Sportchilar soni qisqartirilmaydi. Ularning soni avvaldagidek bo'ladi. Ammo biz Olimpiya qishlog'i – Tokioda eng xavfsiz joy ekanligiga ishonchimiz komil bo'lishi kerak”, – deb bayonot berdi Xalqaro olimpiya qo'mitasining vice-prezidenti Jon Kouts.
Tokio-2020 Olimpiadasida taxminan 11 ming, Paralimpiya o'yinlarida esa 4,4 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kerak.
SHu haftada Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax boshchiligidagi delegaciya Tokioda bo'ldi. XOQ rahbarining fikricha, o'sha paytga kelib koronavirusga qarshi vakcinani ishlatish imkoniyati bo'lsa, Xalqaro olimpiya qo'mitasi sportchilarni Olimpiadadan oldin vakcinaciya qilish bilan bog'liq xarajatlarni o'z zimmasiga olish niyatida ekanligini bildirdi. U, shuningdek sportchilarning vakcina bilan emlanishi Olimpiadada ishtirok etishlarining majburiy sharti bo'lmasligini ham takidladi.
Fikrlar