So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

30 may 18:58
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yuzasidan tezkor yig'ilish o'tkazildi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov bugun respublika sport federaciyalari va associaciyalar ishtirokida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yuzasidan tezkor yig'ilish o'tkazdi.

Bunga qadar MOQ rahbari 10 kun davomida barcha sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Sport bazalari va u erda yaratilgan sharoitlarni bevosita borib ko'rdi. O'zbekiston taekvondo associaciyasida bo'lib o'tgan bugungi yig'ilishda ko'rilgan asosiy masala aynan tekshiruv hulosalariga bag'ishlandi. 

Mazkur yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, MOQ mutasaddilari, barcha federaciya va associaciyalar masul rahbarlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Rustam SHoabdurahmonov bungacha ko'zdan kechirgan barcha joylar yuzasidan o'z xulosasini bildirar ekan, bazi federaciyalarda yaratilgan sharoitlarga salbiy baho berdi. 

Mana, barcha federaciyalarning o'quv-mashg'ulot bazalariga tashrif buyurib, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdik. Ahvol ijobiy emas. To'g'ri, bir qator federaciyalarimiz borki, ularda terma jamoamiz azolari uchun juda ham yaxshi sharoitlar yaratib berilgan. Lekin ko'p joylarda hatto sportchilarning yashashi uchun elementar sharoit yo'q. Hukumatimizga rahmat, bizdan kerakli moddiy yordamini ayamayapti. Biz esa o'z navbatida fursatni boy bermay, zudlik bilan barcha sharoitlarni yaxshilab olishimiz zarur” – dedi MOQ rahbari. 

Terma jamoalarimiz uchun xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etish, sportchilarimizning kuchli sparring raqiblar bilan bahslashib, mahoratini toblab borishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish hususida fikr bildirar ekan R.SHoabdurahmonov shunday dedi: 

Menga boks federaciyasidan Kuba terma jamoasi bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish bo'yicha taklif bildirishdi. Buni tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashib hal qilamiz, kerakli sharoitlarni, albatta, yaratib beramiz. Qachongacha sportchilarimiz bir-birlariga qarshi sparring raqib bo'lishadi? Marhamat, har bir federaciya mana shunday qiziqarli va yaxshi takliflar bilan chiqishsin. Milliy olimpiya qo'mitasi sizlar uchun faoliyat olib boradi axir«, – dedi MOQ prezidenti.

Yig'ilish davomida uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'proq tashkil qilish, ularning sifatiga etibor qaratish, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash borasidagi masalalar bo'yicha mutassadilarga tegishli ko'rsatmalar berildi. O'z navbatida federaciya masullari ham jahon standartlaridan kelib chiqqan holda o'z taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing