So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

16 may 09:03
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio Olimpiadasining qoldirilishi qanchaga tushdi?

Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) hisob-kitoblariga ko'ra, bir yilga qoldirilgan Olimpiya o'yinlari tashkilot uchun 800 million AQSH dollariga tushadi.

Bu haqida XOQ prezidenti Tomas Bax malum qildi.

Takidlanishicha, bu qayta rejalashtirish hisob-kitoblari bo'yicha xulosaga kelingan birinchi taxmin. Yuqorida ko'rsatilgan mablag'larning 150 million dollar miqdoridagi qismi Xalqaro federaciyalar va Milliy olimpiya qo'mitalarini zarur moliyalashtirish ishlari uchun ajratiladi.

Ijroiya qo'mitasining asosiy etibori “Biz bu erga boramiz” ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan Tokio o'yinlari to'g'risidagi hisobotda bo'ladi. Undagi mutaxassislar guruh azolari xavfsizligini taminlash uchun javob beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun biz Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va boshqa manfaatdor tomonlar bilan aloqa o'rnatmoqdamiz. Biz tashkiliy qo'mita va Yaponiya hukumati bilan birdammiz. Asosiysi, 2021 yil 23 iyuldan boshlanishi kutilayotgan Olimpiadaning muvaffaqiyatli o'tishiga shubha qilmaymiz”, – dedi Tomas Bax.

Qolaversa, Bax 800 million AQSH dollari koronavirus inqirozining moliyaviy oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishini aytib o'tdi. XOQ rahbari, shuningdek, agar koronavirusga vakcina topilmaydigan bo'lsa, Olimpiada butunlay bekor qilinishi ehtimoli borligini ham takidladi.

XOQning kelgusi onlayn Ijroqo'm yig'ilishlari 10 iyun, 15 va 22 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing