21 avg 19:21
Yangiliklar
Tokio olimpiya mashalasi estafetasi rejasini o'zgartirmaydi
Olimpiya mashalasi estafetasi 2021 yil 25 martda Fukusima prefekturasidagi futbol maydonidan boshlanadi va jarayon 121 kun davom etadi. Mashala Yaponiyaning barcha 47 prefekturasidan olib o'tiladi.
Yaponiya mamurlarining takidlashicha, Olimpiya mashalasi estafetasi ko'lamini qisqartirish byudjet mablag'larini tejamaydi. Aksincha, belgilangan rejaga o'zgartirishlar kiritish qo'shimcha kelishuvlarni talab qiladi hamda homiylar va mahalliy mamurlar bilan munosabatlarda yangi muammolarni paydo qiladi.
Iyun oyida Tashkiliy qo'mita rasmiy ravishda kelgusi yildagi musobaqalarni o'tkazish tartibini soddalashtirish fikrini bildirgan. O'yinlar uchta asosiy tamoyil asosida – xavfsizlik, iqtisod qilish, tartibli tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar