So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

04 dek 07:57
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio o'yinlariga sinov musobaqalari taqvimi tasdiqlandi

Teglar :  Tokio-2020Olimpiada
Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi keyingi taqvimiy yilda Olimpiya o'yinlari oldidan sinov tarzida o'tkaziladigan musobaqalar jadvalini elon qildi.

Mart-may oylarida Yaponiya poytaxtida sportning 18 turi bo'yicha tadbirlar bo'lib o'tadi.

Jadval tuzilayotganda, Tashkiliy qo'mita xalqaro federaciyalar bilan maslahatlashgan, shuningdek, o'yinlar davomida xarajatlarni kamaytirishni hisobga olgan. Sinov musobaqalari davomida asosiy etibor uchta asosiy yo'nalishga qaratiladi: musobaqa maydoni, texnologiyadan foydalanish va shu jumladan, COVID-19ga qarshi kurash masalalarida xodimlarning tayyorligi.

Koronavirus tarqalishini nazorat qilish choralariga alohida etibor beriladi – Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan maydonlar menejmenti amalda ham ishtirokchilar, ham tomoshabinlar sog'lig'ini muhofaza qilishga qaratilgan bir qator harakatlarni ishlab chiqishi kerak.

Sinov tadbirlari dasturi 4-7 mart kunlari Suv sporti markazida o'tadigan sinxron suzish bo'yicha Olimpiya saralash turniri bilan ochiladi. Aynan o'sha vaqtning o'zida, 6-8 mart kunlari “Aomi” bog'ida qoyaga chiqish musobaqasi bo'lib o'tadi. Suvga sakrash bo'yicha Jahon kubogi bosqichi 18-23 aprel kunlari Tokioda, badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi esa 4 may kuni “Ariake” markazida bo'lib o'tadi.

SHuningdek, taqvimda suzish, suv polosi, velosportning VMX yo'nalishi, badiiy gimnastika, regbi, o'q otish, voleybol, badiiy gimnastika, velotrek, 3x3 basketbol, engil atletika, skeytbord va bir qator paralimpiya yo'nalishlari bo'yicha sinov tadbirlari mavjud.

Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi takidlashicha, tadbirlar dasturi to'liq tasdiqlanmagan va mavjud vaziyatdan kelib chiqib hali ham tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing