15 iyu 11:17
Yangiliklar
Tokioda Olimpiya qishlog'i ish boshladi
Koronavirus tufayli ochilish marosimi o'tkazilmadi.
Olimpiya qishlog'i Tokio ko'rfazida joylashgan. Unda bir vaqtning o'zida 18 ming kishi - sportchilar, murabbiylar va jamoani qo'llab-quvvatlovchi xodimlar joylashadi. Sportchilar musobaqalar boshlanishidan besh kun oldin qishloqqa etib kelishadi va bahslar tugagandan keyin ikki kun ichida uni tark etishlari kerak. Ammo, agar kerak bo'lsa, Olimpiya o'yinlari tashkilotchilari qolish muddatini uzaytirishi mumkin.
Qishloq hududida kecha-kunduz COVID-19 bilan gumon qilingan Olimpiada ishtirokchilarini tekshirish uchun mo'ljallangan tibbiyot bo'limi ishlaydi. Sportchilar har kuni koronavirus tekshiruvidan o'tishi, niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashi shart.
Tokiodagi Olimpiya o'yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tadi.
Fikrlar