22 may 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA
"To'laqonli kuch". Konor Makgregor Xollouey bilan revansh haqida gapirdi
Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi bo'lajak revansh jangi haqida fikr bildirdi.
Ushbu jang 12 iyul kuni UFC 329 doirasida Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
"So'nggi bir necha kun davomidagi mehr, qo'llab-quvvatlash va iliq munosabat uchun hammaga rahmat! Qiyin yig'in oldidan o'zimni kuchga to'la his qilyapman!
Atrofimdagi jamoadan juda minnatdorman. Murabbiylarim va sparring sheriklarim — barchamiz oldimizdagi chaqiriqqa to'liq etibor qaratganmiz. Bu bizning zalimiz uchun ajoyib davr!", — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar