So’nggi yangiliklar

17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0

18 fev 10:02
Yangiliklar

Boks/MMA

To'lqin Qilichev: "Fanat Qahramonovda imkoniyat katta"

Xabaringiz bor, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tomonidan boks bo'yicha Tokio-2020 licenzion musobaqasini o'tkazish uchun tuzilgan ishchi guruh Parijda o'tishi rejalashtirilgan jahon licenzion musobaqasi bekor qilinganini rasman tasdiqladi.

Hozirda 53 (32 ta erkaklar, 21 ta ayollar)ta yo'llanma o'z egasini topmagan. Ishchi guruhning malum qilishicha, ushbu kvotalar barcha qitalarga bokschilarning Olimpiya vazn toifalaridagi reyting pog'onalariga qarab tarqatiladi. Bunda so'nggi 4 yil (2017-2021) orasida o'tkazilgan xalqaro turnirlar inobatga olinadi.

O'zbekiston boks terma jamoasi -75 va -81 kg gacha bo'lgan vaznlarda olimpiadaga yo'llanma olmagan. Bu vaziyatda terma jamoa murabbiylari qanday yo'l tutishadi? Olamsport.com sayti muxbiri ushbu masala yuzasidan terma jamoamiz katta murabbiyi To'lqin Qilichevga bog'landi.

"Bunga tayyor edik, hozirgi sharoitda kutilgan edi. Endi reyting asosida bo'ladi. Bir-ikki o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Lekin shu ikki vazndagi yigitlar reytingda bor. -81 kg da Dilshodbek Ro'zmetovning reytingi juda yaxshi. -75 kg da endi ko'ramiz. Bu vaznni hal qilishimiz uchun bizga biroz vaqt kerak. Reja asosida Olimpiadaga tayyorlanaveramiz", - dedi terma jamoa katta murabbiyi.

- Boks muxlislari -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimovni kutishgandi. Ammo Madrimov asosiy etiborini prof ringga qaratdi va natijada havaskor boksda kerakli ochkolar to'play olmagan. Bunday bo'lishini ko'pchilik kutmagandi. Endi -75 kg da O'zbekistondan hech kim qatnasha olmaydimi? Yoki Fanat Qahramonovda imkoniyat bormi?

"Ha, Qahramonovda imkoniyat katta. CHunki u oxirgi jahon chempionatida, qita licenzion turnirida ishtirok etib, reyting ochko olgan", - deya javob berdi To'lqin Qilichev.

Nima bo'lganda ham Tokioda barcha vaznlarda terma jamoamiz vakillarining ishtirokini kutamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
18 fev 14:33:44
Navro'z Nuritdinov
Agar litsenziyaga boshqa kishi egalik qila olmasa boradi leki O'zbekiston chempionatida natija qila olmagan bokschidan natija kutish xato bo'ladi
   
18 fev 10:22:29
Elmurod
Fanat umuman kerakmas Termaga..... BoksdaN ketaversayam boladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing