So’nggi yangiliklar

19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0 12:36Самбо бўйича Жаҳон чемпионатининг тантанали очилиш маросимидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0

10 fev 10:12
Yangiliklar

Boks/MMA

To'lqin Qilichev O'zbekiston va Qozog'istonning boksdagi munosabatlari haqida gapirdi

O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi To'lqin Qilichev O'zbekiston va Qozog'iston boksi munosabatlari haqida gapirib o'tdi.

"Biz Qozog'iston jamoasi bilan juda ham yaqinmiz. Bir-birimizga g'ayg'uramiz, hayotiy masalalar bo'lsa bir-birimizdan so'raymiz, telefon orqali muloqot qilamiz. Men qozog'istonlik yigitlar bilan birga katta bo'lganman. Erdos Janberganov - jahon chempioni. Biz bir xonada yashab, birga o'qib, birga non-tuz eb katta bo'lgan bollarmiz. Baxit Sarsekbaev, Ernik Janiberganov, Dmitriy Sredov bor, yana ko'pchilikni aytsam bo'ladi. Ular bilan CHirchiqda birga katta bo'lganmiz. Qozog'istonlik barcha murabbiylar bilan ham juda yaqinmiz. Mirzagali Aytjanovni aytishim mumkin. Ular bilan bordi-keldimiz bor. SHunaqa qadrdon bo'lib ketganmiz. Marat Jakiev, bosh murabbiy Qayrat, umuman hammasi bilan yaxshimiz. 

Bizning yigitlar Qozog'iston nomidan jang qilsa yoki Qozog'iston farzandi bizni nomimizdan chiqsa, biz bundan faxrlanamiz, Qozog'istondan kelgan bolani biz chempion qildik deb. Biz bitta elmiz. Qozog'iston va O'zbekiston xaritaga qaraganda bor. Lekin tarixni bilasiz, hech qachon u yoki bu degan narsa bo'lmagan. Bitta el bo'lganmiz – turkiy eli. Bir-birimizni qiyin vaqtda ham qo'llab-quvvatlaganmiz. Qozog'iston farzandi chempion bo'lsa ham xursand bo'lganmiz. Elnur va Madiyar shu erda tug'ilib, bizning CHirchiq Olimpiya zaxirlari kollejiga o'qishga kirgan. Madiyar endi boksni boshlagan vaqtda bizni qo'limizga kelgan. Elnurni dadasi Nurgali aka boks bilan shug'ullangan, 7 karra mamlakat chempioni hisoblanadi. Elnurni o'zi tarbiyalab, o'smirlik yoshiga etganida bizning qo'limizga bergan. Hammasi qo'limizda katta bo'lgan bollar. Bizning Vatanimiz ko'p millatli mamlakat hisoblanadi. Bizga millatning hech qanday ahamiyati yo'q. Bizda shogird va O'zbekiston bayrog'i bor. SHuni o'zi katta yutuq. Biz shu bolalarni kuchli bokschi qilib tarbiyalay olsak, juda ham xursand bo'lamiz", - dedi To'lqin Qilichev. 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
10 fev 17:11:19
ТЕМУРБЕК
Шунақа фикрлашингиз учун боксимизни мавқеи баланд. Отангизга раҳмат Тўлқин Қиличев!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing