21 fev 19:23
Yangiliklar
Boks/MMA
To'lqin Qilichev qanday qilib Bahodir Jalolov shu darajaga chiqqani haqida fikr bildirdi
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev Egemen Kazaxstan gazetasiga bergan intervyusida Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi.
“Boksda intizom eng kerakli bo'lgan narsa. Bazi vaqtlarda Bahodirni bir necha bor urganman. Bazida boshqa murabbiylar ham urishgan. Mana shu intizom natijasida Bahodir shu darajaga keldi. Yoshlikdagi qiyinchiliklar uchun Bahodir bizga rahmat aytadi.
SHuningdek, Bahodirning shu darajaga kelishida Qozog'istonning ham o'rni bor. CHunki bokschilarimning yoshligida Qozog'istonda yiliga 10-15 ta turnirlar bo'lgan, buning natijasida bokschilarimiz ko'plab sparing janglariga ega bo'lishgan”, — dedi To'lqin Qilichev.
Havola :
Manba : Егемен Казахстан
Fikrlar