17 may 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Tom Aspinall chempionlik kamaridan ayrilishi mumkin
Og'ir vazn toifasida UFC Interim kamari sohibi, angliyalik Tom Aspinall vaqtinchalik chempion maqomidan mahrum bo'lishi mumkin.
Bu haqda CHeyl Sonnen xabar bermoqda.
"Vaqtinchalik chempion amaldagi chempion aktiv bo'lmagan taqdirdagina o'z kamari bilan yurishi mumkin. Jon Jons va Stipe Miochich oktagonga kirib jangni boshlaganda, Tom Aspinall darhol kamaridan ayriladi.
Bu haqda kamchilik biladi, lekin men UFC vice-prezidenti Mark Ratner bilan gaplashdim. U menga barchasini tushuntirib berdi. Aspinall endi kamaridan ayriladi va uning Jons bilan jangi sodir bo'lsa ham, endi u kamarlarni birlashtira olmaydi. Jons Miochich bilan jang qilar ekan, Jonning Aspinall bilan ehtimoliy jangi endi chempionlar o'rtasidagi jang maqomiga ega bo'lmaydi", - dedi Sonnen.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar