12 mar 11:54
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Tom Aspinall Jon Jonsni shartnomaga imzo qo'yishga chaqirdi
UFC og'ir vazn vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall to'laqonli chempionlik kamari egasi Jon Jonsni u bilan jang shartnomasiga imzo qo'yishga chaqirdi.
			"Jon Jons va Pereyra o'rtasidagi jang endi ko'rib chiqilmayapti, demak, bizning jangimiz uchun hech qanday to'siq yo'q. Endi faqatgina shartnomaga imzo qo'yib, jang sanasi va joyini belgilash qoldi.
Dana Uayt UFC 313dan keyingi matbuot anjumanida Jonsning biz bilan jangga tayyorligini aytdi. Endi biz xabar kutayapmiz", — dedi Aspinall.
            Havola            :         
                    Manba                : MMA Fighting
             
			
Fikrlar