27 mar 14:44
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Tom Aspinall: "Jons odamlarni ahmoq qilmoqda"
UFC'ning og'ir vazn (120 kg gacha)dagi vaqtinchalik chempioni, britaniyalik Tom Aspinall amaldagi chempion, amerikalik Jon Jons haqida fikr bildirdi.
			"Jon odamlarni ahmoq qilmoqda. Men u ajoyib jangchi ekanini inkor qilmayman. Lekin u uch yil davomida Ngannudan qochib kelgan – bu aniq fakt. Hozir esa bir yildan ko'proq vaqtdan beri men bilan jang qilishdan qochmoqda.
U ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni chalg'itish qilish borasida juda aqlli. Uning yutuqlariga past baho berishni istamayman, lekin shu bosqichda og'ir janglarni qabul qilishdan qo'rqayaptimi? Albatta. Men uning holatini tushunishga harakat qilaman", – dedi Aspinall.
            Havola            :         
                    Manba                : MMA Junkie
             
			
Fikrlar