22 iyu 11:15
Yangiliklar

Tom Aspinall UFC chempioni maqomidagi ilk intervyusini berdi
Buning natijasida vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi bo'lib kelgan Tom Aspinall og'ir vaznning to'laqonli chempioniga aylandi. Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi chempion maqomida ilk bor intervyu berdi.
"Bu siz uchun, muxlislar. Og'ir vazn divizionini avvalgidek kuchli qilish fursati etdi. Faol munosib chempion", - dedi Aspinall.
Kecha tunda Ozarbayjonda o'tgan UFC turniridan keyigi matbuot anjumanida Liga rahbari Dana Uayt rasman Jon Jons professional faoliyatini yakunlagani, buning natijasida Tom Aspinall divizionning yangi to'laqonli chempioniga aylanganini elon qilgandi.
Dana Uayt so'zlariga qo'shimcha qilar ekan, Aspinall Jonsga qarshi jangni uzoq kutgani, buning uchun tashkilot uni moliyaviy tomondan rag'batlantirishini aytdi. Hozircha Tomning ilk himoya jangi qachon va kimga qarshi o'tkazilishi aniq emas. Katta ehtimol bilan raqib franciyalik Siril Gan bo'lishi mumkin. Gan dushanba kuni elon qilinadigan reytingda divizionning birinchi o'rniga qaytadi.
Fikrlar