So’nggi yangiliklar

19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0

06 sen 13:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Tom Aspinall va Siril Gan ilk qo'shma matbuot anjumanida ishtirok etishdi

UFC’ning og'ir vazn toifasidagi chempionlik jangi ishtirokchilari Tom Aspinall va Siril Gan Parijda birinchi qo'shma matbuot anjumanini o'tkazishdi.

"Agar yaxshi zarba bera olsam, har qanday odamni nokautga uchratishim mumkin, Siril ham bundan mustasno emas. Albatta, biz uning parterdagi kamchiliklari borligini bilamiz. Lekin ishonchim komil, u janggacha bu kemtikni bartaraf eta oladi. Bu MMA qoidalariga muvofiq jang bo'lib, unda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Ikkalamiz ham bir-ikki yil oldin o'tkazgan janglarimiz bilan taqqoslaganda o'sishga erishdik. Buning natijasi o'laroq chempionlik jangiga etib keldik. Sirilda ikkita chempionlik jangi bo'lgan, men esa vaqtinchalik kamar sohibi edim. Bu kamarni ikki bor himoya qildim. Hozir amaldagi chempionman. Biz og'ir vaznli aralash yakkakurash ustalarining yangi avlodini taqdim etamiz va odamlar biz bilan o'n yil oldingi yigitlar o'rtasidagi katta farqni ko'rishadi. Bu yigit juda yaxshi, u men uchun haqiqiy sinov bo'ladi, lekin men bunga to'liq tayyor bo'laman va har qanday bosimga bardosh beraman", - dedi Jon Jonsdan "meros" qolgan chempionlik kamari sohibi britaniyalik Tom Aspinall. 

"Men og'ir diviziondagi barcha jangchilardan farq qilaman. Hozir bor etiborimni bo'lajak jangga qaratganman. Tom chempion va u bilan jang qilish eng qiyin sinov. Eng yaxshi bo'lish uchun eng yaxshilarni mag'lub etish kerak, eng yaxshisi esa chempionlik kamariga ega bo'lgan odam. Tom juda xavfli va har tomonlama rivojlangan jangchi, u chindan ham kuchli. Uning jang olib borish uslubi o'ziga xos, lekin men haqimda ham shunday deyish mumkin. Menda ham o'zimga xos uslubim bor, unga tushadigan kalitlarni shunchaki tanlab bo'lmaydi. SHunday ekan, jangning qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. Bu faoliyatimdagi eng muhim jang va men g'alaba qozonishga tayyorman", - deya muxlislarga vada berdi franciyalik davogar Siril Gan.

Malumot uchun, evropalik bu ikki og'ir vazn aralash yakkakurash ustalarining chempionlik jangi 25 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC 321 turnirining asosiy to'qnashuviga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing