So’nggi yangiliklar

18:10UFC Fight Night 273 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 17:49Каземиро Лионель Мессининг жамоадошига айланиши мумкин 0 17:28NUR-HAS Karate сарҳадлари кенгаймоқда. Марказнинг АҚШда бўлими очилади 0 17:07Расман! Рамирес vs Бенавидес: икки вазн чемпионларининг жанги тасдиқланди 0 16:46Чимаев вазн тоифасини ўзгартириб, иккинчи UFC камари учун жанг қилади 0 16:25"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр 0 16:04Қишки Олимпиадада олтин медаллар сони бўйича рекорд ўрнатилди 0 15:43Жейк Пол синган жағида иккинчи жарроҳлик амалиётини ўтказди + ФОТО 0 15:22Яримоғир вазнда вакант бўлган UFC камари учун жанг ўтказилади 0 15:01ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум 0 14:40Тошкент мезбонлигидаги Octagon League`нинг асосий жанги Шоҳасан Мирзаматов иштирокида камар учун ўтказилади + ПОСТЕР 0 14:19Милан ва Кортина-2026. Медаллар жамғариш бўйича вазият қандай? 0 13:58Dubai Duty Free Tennis Championships. Свитолина иккинчи финалчи! 0 13:37"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 13:16Қишки Олимпиада-2026. Мусобақанинг ўн еттинчи кунги барча натижалари битта хабарда 0

31 okt 08:14
Yangiliklar

Tokio-2020

Tomas Bax: "Sportchilar mukammallik, birdamlik va tinchlik kabi qadriyatlarni ulug'laydi!"

Teglar :  Tomas BaxXOQ
XOQ prezidenti siyosatning sportga tasiri haqida dolzarb mavzuni tilga oldi.

«Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish har bir sportchi uchun hayotiy tajriba maktabini o'tab beradi. Bunday paytda siz ulkan oilaning bir qismi ekaningizni anglaysiz. Butun dunyoni birlashtirgan anjumanda ishtirok etayotganingizni qalban his etasiz. Ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, irqi yoki siyosiy qarashlaridan qati nazar, Olimpiya o'yinlarida hamma teng.

Men bu tuyg'uni ilk bor 1976 yili Monreal Olimpiadasida boshdan kechirgan edim. Olimpiya shaharchasiga kelgach, uning shukuhini qalban tuydim. Sayyoramizdagi eng ko'zga ko'ringan sportchilar bilan bir makonda yashab, uning naqadar qudratli kuchga ega ekanini tushunsa bo'ladi. Musobaqalarda bahslashsak-da, ammo shaharchaga kelib hammamiz bir tom ostida osuda yashaymiz. Ular bilan har uchrashuvda qaerdan bo'lishimiz va O'yinlarda qachon chiqish qilganimizdan qati nazar, umumiy tajriba darhol suhbat mavzusiga aylanadi.

SHunday faraxbaxsh kezlarda bir voqea Olimpiadadagi ilk taassurotlarimga soya soldi. Ochilish marosimidan sal avval Olimpiya shaharchasidagi xonamiz derazasidan qaradim va jomadon ko'targan afrikalik sportchilarning katta guruhini ko'rib qoldim. Aksariyatining ko'zida yosh edi, bazilari umidsizlikdan bosh ekkandi. Nima bo'layotganini bilishga qaror qildim. Malum bo'lishicha, so'nggi daqiqada o'z hukumatining o'yinni boykot qilish to'g'risida qarori tufayli ketishga majbur bo'lishayotgan ekan. Ularning ko'p yillik mashaqqatli mehnati va bu kunni qanchalar orziqib kutgani, so'nggi lahzadagina Olimpiya orzusi kunpayakun bo'layotganini ko'rib, yuraklarim ezildi va bu achchiq alam hanuz meni tark etmaydi.

Oradan to'rt yil o'tib yana shunday holat takrorlandi. 1980 yilgi Moskva Olimpiadasi boykot qilinayotgan paytda sportning siyosiy ojizligini sezdim. G'arbiy Germaniya sportchilar komissiyasi raisi sifatida men ushbu boykotga qatiy qarshi edim, chunki uning bizga hech qanday aloqasi bo'lmagan hodisa – Sovet Ittifoqining Afg'onistonga bostirib kirgani uchun sportchilar jazolandi. Sport tashkilotlari deyarli hech qanday siyosiy tasirga ega emasligi va ularning fikri unchalik ham qiymatga ega emasligini anglagan edim. Bizning ovozimizga siyosatchilar ham, sport rahbarlari ham quloq solmadilar. Bu tahqir edi.

Natijada G'arbiy Germaniya Milliy Olimpiya qo'mitasi O'yinlarni boykot qilgan davlatlardan biriga aylandi. Alaloqibat biz haq bo'lib chiqdik: bu boykot aybdorlar uchun nafaqat jazo chorasi, hatto siyosiy tasirga ham ega bo'lmadi – sho'ro qo'shinlari Afg'onistonda yana to'qqiz yil qoldi. Aksincha, 1980 yilgi o'yinlarda qatnashishni rad etish 1984 yilgi Los-Anjeles Olimpiya o'yinlarining ham javob boykotiga olib keldi.

Bu hodisalar, Olimpiadaning asosiy maqsadi – 206 MOQsining eng yaxshi sportchilarini tinch musobaqaga to'plashdir, degan yakdil qarorga kelishimga sabab bo'ldi.

Olimpiya o'yinlari siyosatdan mutlaqo xoli. XOQ doimo qatiy xolis siyosiy poziciyasini saqlab kelgan nodavlat jamoat tashkiloti. Olimpiya o'yinlari mezbon hukumat tomonidan emas, balki XOQ tomonidan o'tkaziladi.

Olimpiya o'yinlari daromad qilish uchun o'tkazilmaydi. XOQ barcha foydasining 90 foizini dunyo bo'ylab sportchilarga, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga qaytaradi. Sport anjumanida ishtirok etish hamma uchun ochiq bo'lgan taqdirdagina, dunyoni sport orqali birlashtirishi mumkin.

Sportchilar mukammallik, birdamlik va tinchlik kabi qadriyatlarni ulug'laydi. SHuningdek, ular kurash maydonida va marosimlarda siyosiy jihatdan neytral poziciyalarni saqlab, bag'rikenglik va o'zaro hurmatni namoyish etishadi.

Olimpiya o'yinlari urushlar va nizolarning oldini ololmaydi. Dunyodagi ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal qila olmaydi. Ammo ular hamma bir xil qoidalarga rioya qiladigan va bir-birini hurmat qiladigan tinchlik namunasi bo'lishi mumkin. O'z tajribamdan bildimki, olimpiya harakati tinchlikni hayotga tatbiq etishi, xalqaro hamjamiyatni birlashtirishi bilan har kuni kurashib yashashga arziydigan hodisa«.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing