19 sen 14:18
Yangiliklar
Tomas Bax Yaponiyaning yangi Bosh vaziri bilan suhbatlashadi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax yapon hukumatining yangi rahbari bilan muloqot qilishni rejalashtirmoqda.
SHubhasiz, bo'lajak masala kelasi yilga qoldirilgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining tashkiliy masalalari bo'ladi. Yapon nashrlarining malum qilishicha, Tomas Bax va Yosixide Suga 23 sentyabr, chorshanba kuni telefon orqali muloqot qilishadi.
O'z navbatida XOQ rahbari janob Sugani yangi lavozim bilan qutlab o'tdi.
“Yosixide Sugani Yaponiyaning Bosh vaziri etib saylangani bilan chin qalbimdan qutlab qolaman. Yaponiya xalqi va janob Sugaga eng yaxshi tilaklarimni yo'llayman. SHu bilan birga, men Bosh vazir janoblariga kelasi yil Tokio-2020 Olimpiadasini xavfsiz va muvaffaqiyatli o'tkazish borasida bildirgan fikrlari uchun ham alohida tashakkur aytaman. Ishonchim komilki, Bosh vazirning o'zi qo'llab-quvvatlab turishi bilan qorong'ulikda qolib ketgan Olimpiya o'yinlari taqdiri yorug'likka erisha oladi”, – dedi Tomas Bax.
Fikrlar