10 may 19:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi
Prof boksning og'ir vazn toifasidagi britaniyalik bokschi Tommi Fyuri (11-0, 4 KO) bosniyalik Kenan Xanjalichni (4-2, 3 KO) mag'lub etdi.
Jangda britaniyalik charm-qo'lqop ustasi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bellashuv Vengriyaning Budapesht shahrida bo'lib o'tdi.
Mazkur oqshomda o'zbekistonlik prof bokschi SHohjahon Abdullaev ham ishtirok etishi kerak edi. Lekin hamyurtimizning qo'lidagi jarohati bunga halaqit berdi.
Bu Tommining 2023 yil oktyabr oyidan beri o'tkazgan birinchi jangi bo'ldi. G'alabadan keyin Taysonning ukasi taniqli bloger — Jeyk Polni jangga chorladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar