05 okt 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyuson: "Pimblettning tanobini tortgandan keyin Konorni ovlashga chiqaman"
Peddi Pimblettga qarshi jang o'tkazganidan keyin Toni Fergyuson navbatdagi jangida Konor Makgregor bilan yuzlashmoqchi.
"Pimblettga hech qanday husumatim yo'q. Patrik juda yaxshi yigit. Gavdasi katta, turgan holatda yaxshi mehnat qila oladi, parterda zo'r harakatda bo'ladi. Horijliklar bilan jang qilish menga yoqadi. Bu ajoyib.
Uzoq vaqt davomida Xabib va Maknaggets ortidan quvdim. Endi etay degandim. Endi Pimblettning tanobini tortgandan keyin, Konorni ovlashga chiqaman. Albatta, u doping-nazorati tekshiruvidan o'ta olganidan keyin", - dedi Toni Fergyuson.
Fergyuson va Pimblett o'rtasidagi jang 16 dekabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar