28 may 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson "qafas"ga qaytayotganiga shama qildi
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempionlik kamari sohibi Toni Fergyuson tez orada oktagonga qaytishini elon qildi.
U Dillan Denisga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.
"Sayyohat — bu eng ko'p esda qoladigan narsa. Denis baribir yo'q qilinadi. Tez orada bu jangimiz haqida xabar topasiz", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan El Kukuy Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toni Fergyusonning GFL promousheni turnirlarining birida Denisga qarshi jang o'tkazishi haqida xabarlar tarqagandi. Fergyuson faoliyatining so'nggi besh yilida hali biror marta ham g'alaba qozongani yo'q. Bu vaqt oralig'ida u ketma-ket 8 ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Havola :
Manba : chamoionat.com
Fikrlar