02 apr 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyuson: UFC vakillari, muxlislar va Nurmagomedovdan kechirim so'rayman
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Toni Fergyuson Instagram sahifasi orqali muxlislar, jang tashkilotchilari va raqibi Xabib Nurmagomedovdan uzr so'radi.
Xabar berganimizdek, Fergyusson jarohat olgan va buning natijasida uning rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi 7 aprel kungi jangda ishtirok etmasligi malum bo'lgandi.
“Hozirgi holatimni so'z bilan tasvirlab bera olmayman. O'zimdan o'tayotganini juda yaxshi bilib turibman. Jurnalistlar bilan uchrashuvdan keyin tizza bo'g'imlarimni shikastlab oldim. SHaxsiy shifokorim va UFC shifokori bir ovozdan jang o'tkaza olmasligimni aytishdi.
Nachora, bunday bo'lishini sira kutmagandim. Bo'lib o'tgan holat uchun jang tashkilotchilari, muxlislar, oila azolarim, do'stlarim va raqibim Xabibdan kechirim so'rayman”, - dedi Fergyusson.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar