01 jan 13:28
Yangiliklar
Top Rank vice-prezidenti: "Inoue - Nakatani jangi juda qiziqarli"
"Aynan shu jang hozir bizning rejamizda turibdi. Nakatani qanday ko'rinishga ega bo'lmasin, bu baribir raqobatli jang. Tokio gumbazidagi anshlagda u o'z darajasini ko'tarishi kerak bo'ladi - agar bu umuman mumkin bo'lsa va u buni qilishga majbur. Inoue esa, ishonchim komilki, bor kuchini ishga soladi.
So'nggi chiqishdan keyin hamma Inoue tomonga og'ib ketadi. Lekin u qachon so'nggi marta baland bo'yli chapaqay bilan mushtlashdi? Naoya boshqalardan ko'ra ko'proq tavakkal qiladi. Jangga bo'lgan qiziqish pasayib ketdi, deb bo'lmaydi. U hamon o'ta qiziqarli", - dedi Moretti.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta "Samuraylar kechasi" doirasida Naoya Inoue Alan Pikassoni taslim etgan bo'lsa, Jyundo Nakatani hakamlarning bahsli qarori bilan boshqa bir meksikalik Sebastyan Ernandesni mag'lub etgandi.
Inoue va Nakatani o'rtasidagi jang 2026 yilning may oyida Yaponiya poytaxtida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Fikrlar