06 iyu 19:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Topuriya Getjining xotini haqidagi so'zlariga "otvet" qildi: "Tez orada gapirishdan to'xtaydi"
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Jastin Getji Topuriyaning oilaviy muammolariga to'xtalib, agar uning xotinining o'rnida bo'lganida ham Iliyani tark etishini aytgandi.
Ispan-gruziyalik chempion Jastin Getjining bu gaplarini etiborsiz qoldirmadi.
"Bazi haddan tashqari sergap odamlar bu qo'llarning kuchini o'zlarida sinab ko'rgach, tez orada gapirishdan to'xtaydilar", - deb yozdi "El Matador" ijtimoiy tarmoqda, oyoqlarida ishlayotgan mashg'ulot videosini elon qilib.
Avvalroq, engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya Jastinni dastlabki besh daqiqadayoq nokautga uchratishni rejalashtirayotganini malum qilgan edi. Engil vaznlilarning birlashtiruvchi chempionlik jangi 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC bayram turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar