28 mar 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya nima sababdan Ispaniyada UFC turnirini tashkil etish qiyin ekaninini aytdi, bu Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham tegishli
Yodingizda bo'lsa, 2024 yilda asli gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan MMA jangchisi Iliya Topuriya yarim engil vazn toifasida UFC chempioni bo'lgandi.
SHundan keyin Liga Ispaniyada turnir o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib bordi, lekin natija bo'lmadi.
Topuriyaning so'zlariga ko'ra, UFC Ispaniyada musobaqa o'tkazishi uchun janglar vaqtini AQSHdagi muxlislar uchun qulay qilishi kerak bo'ladi. Iliya esa bunday turnirda ishtirok etishni xohlamasligini aytgan.
Agarda Dana Uayt boshchiligidagi UFC Markaziy Osiyo yoki Rossiyada ham turnir tashkil etsa, mahalliy muxlislar bunday muammoga yuz kelishlari mumkin.
Avvalroq, Saul Alvaresning may oyida Ar-Riyodda bo'ladigan jangi ham amerikalik muxlislar uchun Saudiya Arabistoni vaqti bilan tongda o'tkazilishi bo'yicha xabar berilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar