15 iyu 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA, Qiziqarli!
Topuriyani qo'ltiqlab olib chiqib ketishdi, Getjidan salto. Oq uy UFC turnirining yorqin SURATLARI
Bugun Vashington (AQSH) shahrida uzoq kutilgan UFC White House - Freedom 250 turniri bo'lib o'tdi.
Asosiy jangda engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Jastin Getji va asli gruziyalik Iliya Topuriya to'qnash keldi. Jang beshinchi raund oldidan to'xtatildi, boisi Topuriya yuzidan jiddiy jarohat olgan va murabbiylari so'nggi besh daqiqa uchun uni oktagonga chiqarishmadi.
Jamoadagilarining so'zlariga ko'ra, Iliya o'tkazib yuborilgan zarbalardan so'ng ko'rish qobiliyati bilan bog'liq muammoga duch kelgan. Jangdan so'ng Topuriya mustaqil ravishda tribuna ostiga kira olmadi: uni akasi Aleksandr Topuriya va jamoa vakillaridan biri qo'ltiqlab olib ketishdi.

















Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar