30 jan 10:11
Yangiliklar
Dzyudo
To'qqiz davlatda 1 tadan oltin, ular qatorida O'zbekiston ham bor + Jadval
Portugaliyaning Almada shaharchasida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Yilning dastlabki IJF musobaqasida dunyoning 46 davlati qatorida O'zbekiston terma jamoasi ham 11 dzyudochi bilan ishtirok etyapti. Turnirning ikkinchi kungi bahslari biz uchun kutilganidan ham omadli keldi. -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Murodjon Yo'ldoshev barcha raqiblarini engib, Portugaliya Gran-prisi chempioniga aylandi.
Uchinchi kungi bahslar oldidan 9 davlat terma jamoalari bittadan oltin medalga ega bo'lib turishibdi. Faqatgina kumush va bronza medallar hisobi va soniga qarab bu jamoalarning joylashuvi farqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar