So’nggi yangiliklar

04:14UFC Нурсултон Рўзибоевнинг навбатдаги жангини эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 19:02Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 18:39"UFC 318 турнири у учун ташкил этилмоқда" — Дана Уайт 0 18:17Усман: "Бундан қутилишим керак эди" 0 17:53Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин 0 17:26Махачевнинг мураббийи: "Яримўрта вазнга ўтиш режаси Топурия пайдо бўлгунича ҳам бор эди" 0 17:01Топурия – Оливейра тўқнашуви учун захира жангчиси маълум 0 16:38Германияда ҳали мағлубиятга учрамаган боксчи ўлдириб кетилди 0 16:16Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди 0 15:52UFC on ESPN 69 турнири иштирокчилари гонорарлари эълон қилинди: Усманда энг кўпи эмас 0 15:30Нигина Абдураимова узоқ йиллардан кейин терма жамоа сафида! Теннисчиларимиз Billie Jean King Cup турниридаги иштирокини бошлади 0 15:08Ислам Махачевнинг ММАда яна нечта жанги қолгани айтилди 0 14:45Неймарнинг келажаги маълум 0 14:24Новак Жокович: "Менга мотивация бериб турадиган биргина мусобақа қолди" 0 14:03Эдди Хирн Энтони Жошуанинг эҳтимолий рақибларини санади 0

10 may 22:23
Yangiliklar

Boks/MMA

To'qqiz nafar bokschimiz yarim finalda! Jahon chempionatining chorak final janglari yakunlandi

Bugun jahon chempionatining o'ninchi kunidan o'rin olgan janglar bo'lib o'tdi.

Kun davomida 11 nafar bokschimiz yarim final yo'lida ringga ko'tarildi:

Kunduzgi dasturda:

1. -51 kg: Hasanboy Do'smatov - Tomoya Cuboi (Yaponiya), (Hakamlar qarori bilan)

2. -57 kg: Abdumalik Xalokov - Ishish Yusuf (Iordaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

3. -63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Lounes Xamraoui (Franciya), (Hakamlar qarori bilan)

4. -71 kg: Saidjamshid Jafarov - Igor Sviridchenkov (Rossiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

5. -92 kg Lazizbek Mullojonov - Sezar La Kruz (Kuba), (Hakamlar qarori bilan).

Kechgi dasturda:

6. -54 kg: Oybek Jo'raev - Gabriel Eskobar (Ispaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

7. -60 kg: Mujibillo Tursunov - Vsevolod SHumkov (Rossiya), (Hakamlar qarori bilan)

8. -67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Roniel Iglesias (Kuba), (Hakamlar qarori bilan)

9. -75 kg: Aloxon Abdullaev - Filip Akilov (Vengriya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

10. -86 kg: SHohjahon Abdullaev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon), (Hakamlar qarori bilan)

11. +92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

SHunday qilib, bugungi kun doirasida jang qilgan 11 nafar bokschilarimizning 9 nafari g'alaba qozonib yarim finalga yo'l oldi. Ikki nafar bokschimiz esa mag'lubiyatga uchrab, musobaqani chorak finalda yakunladi.

MATNLI TRANSLYACIYA




21:58. Kutilganidek, Bahodir Jalolov deyarli qiyinchiliksiz Kamshibek Konkabaevni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final masalasini hal qildi.

21:51. Ikkinchi raund ham nihoyasiga etdi. Bu raundda ham hisob 5:0 ekanicha qoldi.

21:48. Raund yakunlandi, hisob 5:0, Bahodir foydasiga.

21:45. Jangning birinchi raundi start oldi

21:36. Bahodir Jalolovning jangi start olmoqda.

21:20. Yana bitta jangdan so'ng Bahodir Jalolovning Kamshibek Konkabaevga qarshi jangi boshlanadi.




21:00. Guvohi bo'lganingizdek, O'zbekistonda navbatdagi yo'qotish! Bu safar SHohjahon Abdullaev ozarbayjonlik kuchli raqibiga mag'lub bo'ldi.

20:56. Ikkinchi raundda esa huddi shu hisob raqibga berildi.

20:50. Birinchi raunddan so'ng hisob 4:1, bizning foydamizga.

20:47. SHohjahon Abdullaev ishtirokidagi jang boshlandi.




20:28. Aloxon Abdullaev hakamlarning yakdil qarori bilan vengriyalik raqibini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.

20:22. Ikkinchi raunddan so'ng hisob 3:2.

20:19. Birinchi raunddan so'ng hisob 4:1, Aloxon foydasiga.

20:16. Aloxonning jangi start oldi.




19:57. ASADXO'JAAA! Kubalik Iglesiasni musobaqadan chiqarib yubordi. 4:3 hisobida jangni o'ziniki qilib ketdi hamyurtimiz!

19:51. Ikkinchi uch daqiqalik ham o'z yakuniga etdi. Bu safar hisob 3:2 - Asadxo'ja foydasiga. Umumiy hisob 2:1.

19:46. Raund yakunlandi, hisob 4:1, kubalik foydasiga.

19:43. Jangning birinchi raundi start oldi.

19:36. Yana bir necha daqiqalardan so'ng Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ringga ko'tariladi.




19:24. Afsus.barcha guvohi bo'lgandek, Mujibillo munosib jang ko'rsatgan holda hakamlarning bahsli qarori sabab musobaqani tark etdi.

19:18. Dahshatli raund va Mujibillo raqibini nokdaunga tushirdi! "Muji"ning jahlini chiqarishdi:) Bu safar hisob 5:0 hamyurtimiz foydasiga.

19:14. Ilk raund yakunlandi. Hisob 4:1, rossiyalik bokschi foydasiga.

19:08. Navbat Mujibilloga!




19:06. Oybek Jo'raev ispaniyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. U yarim finalda rossiyalik Dmitriy Dvali bilan to'qnash keladi.

19:01. Jangning ikkinchi raundi ham tugadi, bu safar hakamlar Oybekka 4:1 hisobidagi ustunlikni berishdi. Umumiy hisob 4:0.

18:56, Ilk raund yakunlandi, hisob 5:0, Oybek foydasiga.

18:54. Oybek Jo'raevning jangi start oldi.

18:38. SHuningdek, Oybekdan so'ng Mujibillo B ringida jang qiladi.

18:30. Kechgi dastur janglariga ham start berildi. Yana bitta jangdan so'ng Oybek Jo'raevning ispaniyalik raqibiga qarshi jangi start oladi.

17:00. kunduzgi dastur janglari o'zbek bokschilari uchun yakunlandi. Bir soatlik tanaffus!




16:53. AJOOOOOOYIB! Lazizbek Mullojonov besh karra jahon, ikki karra olimpiada chempioni bo'lmish kubalik Xulio Sezar La Kruzni 4:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.

16:47. Ikkinchi raundda 3:2. Umumiy hisob 3:1, Lazizbek tomonga.

16:43. Birinchi raunddan so'ng hisob 4:1, Lazizbek foydasiga.

16:40. Mullojonovning jangi boshlandi.

16:32. Yana bitta jangdan so'ng Lazizbek Mullojonovning jangi start oladi.





15:55. Saidjamshid rossiyalik Igor Sviridchenkovni 5:0 hisobida taslim etib, yarim finalga yo'l olgan to'rtinchi o'zbek bokschisiga aylandi.

15:51. Ikkinchi raundda ham 5:0 hisobida saqlanib qoldi.

15:46. Raund tugadi, kichik ustunlik Saidjamshid Jafarovda bo'ldi. Hakamlar hisobi esa 5:0, Saidjamshid foydasiga.

15:43. Ilk raund start oldi.

15:39. Saidjamshid Jafarov ishtirokidagi jang boshlanmoqda! Ajoyib kun:)




15:38. Ruslan Abdullaev franciyalik raqibini 4:1 hisobida engib, yarim final masalasini hal qildi!

15:33. Ikkinchi raund ham tugadi, bu safar hakamlar 5:0 hisobini berishdi, umumiy hisob esa 3:0 ko'rinishiga keldi.

15:28. Ilk raund yakunlandi, ustunlik nisbatan Ruslanda bo'ldi. Hisob 3:2 Abdullaev foydasiga.

15:23. Ruslan Abdullaevning jangi boshlanmoqda.

15:05. Yana bitta jangdan so'ng Ruslan Abdullaevning franciyalik bokschiga qarshi jangi start oladi.




14:50. Abdumalik Xalokov iordaniyalik Yussef Iashashni 5:0 hisobida mag'lub etdi va yarim final bosqichiga yo'l oldi!

14:44. Jangning teng yarmi ortda qoldi, ikkinchi raund uchun ham hisob 5:0 ko'rinishida bo'ldi.

14:40. Ilk raund o'z yakuniga etdi. Abdumalik bu raundda kichik ustunlikka ega bo'ldi, hisob 5:0, biz tomonga.

14:36. Abdumalik Xalokov ringga chiqib kelmoqda.

14:20. Navbat Abdumalik Xalokovga, yana bitta jangdan so'ng u ringga chiqadi.




14:15. Uchinchi raund juda havotirli o'tdi, hatto 3:2 hisobida yaponiyalik bokschi bu raundni o'ziniki qildi. Yakuniy hisob esa 4:3 hisobida Hasanboy foydasiga bo'ldi. Hasanboy Do'smatov JCHning yarim finaliga yo'l oldi.

14:10. Jangning ikkinchi raundi ham yakunlandi, bu safar hisob 3:2. Umumiy hisob esa 3:1, Hasanboy foydasiga.

14:06. Birinchi raund yakunlandi, raund Hasanboy ustunligida o'tdi, buni hisob ham aytib turibdi - 4:1.

14:02. Hasanboy Do'smatov Tomoya Cuboiga qarshi jang uchun ringga chiqib kelmoqda.

13:44. Yana chamasi 15 daqiqadan so'ng Hasanboy Do'smatov bugungi kunni o'z jangi bilan boshlab beradi.

13:42. Assalomu alaykum, qadrli boks muxlislari! Toshkentda davom etayotgan jahon chempionatining chorak final bahslari o'tkazilish arafasida. Bugungi kun doirasida 11 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
10 may 17:04:58
Samar Uralov
Boks foydalanuvchining fikriga javob berish
La kruzga bersayam bolardi
nimasi uchun.3-raundda balki bersa bo'lardi.Lekin dastlabgi 2-raundda Lazizbek yutdiku.O'zicha raqibni mensimasdan qo'llarini tushurib olib jang qildi va qancha zarba o'tkazdi.Shundagina qo'llarini ko'tarib oldi xolos
+1   
11 may 03:29:16
Tursun Ganiev
Boks foydalanuvchining fikriga javob berish
La kruzga bersayam bolardi
Kubadanmisan nima balo. Faqat likkilab qochdiku bu La Krusing. Aniq eydi. Yutqazdi. O'zimizning bokschilar yutsa ham ko‘raolmas ekansanlarda. Kubaliklaring likkilashdan boshqasiga yaramayaptiku o‘zi.
+1   
10 may 15:04:10
Dilshod Uzoqov
Lazizbek va Asadxuja yutishi shart. Reyting uchun.
   
16 may 14:58:45
SPRINTERshashist
(51kg) Дусматов
(57kg) Халоков
(63.5kg) Р.Абдуллаев. (71kg) Муйдунхужаев
(80kg) А.Абдуллаев, Ш.Абдуллаев, Йулдошев.
(92kg) Муллажонов
(+92kg) Жалолов. Кани кимни танлашаркан
   
10 may 22:14:55
Boks
Boxo shu bilan professianalda qosayam bolarkan intrigani yoq qilib tashladi ogir vaznda, qiladgan ishi qolmabdi
   
10 may 19:30:14
Iymon
Мужибилло 1ва 3 раундни бой берди. 2 раунд эса Мужибиллоники Эди. Шумков хакли ютди.
-2   
10 may 20:02:46
Analitik
Mubillo yutganidi,lekin Asadxuja yutqazdi tak shto hisob 1-1
-3   
10 may 17:02:37
Boks
La kruzga bersayam bolardi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing