10 sen 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rabek Xabibullaev ham qozog'istonlik bokschini JCHdan chiqarib yubordi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqa doirasida -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Xabibullaev qozog'istonlik Sag'indik Togambayga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda To'rabek 5:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
To'rabek bungacha nimchorak finalda Greciya vakilini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi u final yo'llanmasi uchun Polsha yoki Ispaniya vakiliga qarshi to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar