14 dek 17:25
Yangiliklar
To'rabekni mag'lub etgan Muslim Gadjimagomedov: "Birinchi o'ringa chiqish tobora qiyinlashib bormoqda"
"Muslim Gadjimagomedov — uch karra jahon chempioni degan so'z qanday yangraydi? Juda ajoyib, menga yoqadi. Biz bunga tayyorgarlik ko'rgandik, oltin medalni qo'lga kiritishni istagandik. Orzum amalga oshdi, hammasi jarohatlarsiz o'tdi, natijadan mamnunman. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Natijadan qoniqdim, yaqinlarimni xursand qila oldim, tarixga birinchi uch karra jahon chempioni sifatida nomimni yozdirdim. Har safar birinchi pog'onaga chiqish tobora qiyinlashib bormoqda, chunki barcha senga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko'radi, seni bilishadi. Har safar yangi raqiblar, o'rganishga, moslashishga to'g'ri keladi. SHuning uchun uch karra jahon chempioni bo'lish oson emas.
To'rt karrachi? Bu ham mumkin. Bir yildan keyin IBA jahon chempionati bo'ladi. O'ylaymanki, u yanada yaxshiroq o'tadi", — dedi Gadjimagomedov.
Eslatib o'tamiz, Muslim Gadjimagomedov -92 kg vazn toifasida finalda hamyurtimiz To'rabek Habibullaevni malubiyatga uchratdi.
Fikrlar