So’nggi yangiliklar

19:37Юлдузлар йиғилган Mangu 2 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 19:16Танташев Элит ОЧЛ финалига тайинланди 0 18:55Уч нафар боксчимиз Жаҳон кубогида рингга чиқади 0 18:34Shymkent Challenger. Фомин камбэк эвазига 1/2 финалга чиқди 0 18:13Дэвид Бенавидес Дмитрий Бивол билан жанг учун ярим оғир вазнга қайтмоқчи 0 17:52"Реал" ва "Барселона" Испания терма жамоаси аъзоси учун курашади 0 17:31Бугун Синдаров ва Абдусатторов Киберспорт бўйича Жаҳон кубогидаги иштирокини бошлайди 0 17:10"Жуда кулгили бўлди". Гусковнинг мураббийи Блаховичнинг жароҳатига шубҳа билдирди 0 16:49"Жангни қабул қил. Нима учун қочяпсан?" Царукян Топурияга жавоб қайтарди 0 16:28"Манчестер Сити" биринчи ўринга чиқиб олганидан сўнг Гвардиола нималар деди? 0 16:07Мария Тимофеева Швейцария турнирида 1/4 финалга чиқди 0 15:46Фрэнсис Нганну фаолиятини якунлашдан олдин Жон Жонс билан жанг қилмоқчи 0 15:25Бахрам Муртазалиевнинг навбатдаги рақиби аниқланди 0 15:04"Арсенал" ёзги трансфердаги асосий мақсадини белгилаб олди 0 14:43Царукян янги шартнома бўйича RAF лигасидан улуш олишни хоҳламоқда 0

25 okt 09:25
Yangiliklar

Dzyudo

To'raboev faxriylar o'rtasida jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan ilk o'zbekistonlik!

To'rt kun davomida Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Takidash joiz, O'zbekiston terma jamoasi ilk bor faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. O'zbekiston dzyudosi tarixida shu kungacha hech kim faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatida tatamiga chiqmagandi. Ilk ishtirok terma jamoamizga kumush medal keltirdi. Musobaqaning so'nggi kuni -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod To'raboev finalgacha mag'lubiyatsiz etib borib, jahon vice-chempioniga aylandi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari hisoblangan Bekzod To'raboev finalga qadar ispaniyalik Karlos Alvares, braziliyalik Jonatas Barboza, ukrainalik Dmitro Kalchenkoni mag'lubiyatga uchratgan edi. Mezbonlar vakili Bruno Silvaga qarshi kechgan final bahsida To'raboevga belidan olgan jarohati pand berdi. 

Jahon chempionatining birinchi kuni hamyurtlarimizdan Jamshid Fayziev (-100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda raqibiga imkoniyatni boy berib, kuchli beshlikdan joy olgandi. Kecha esa -81 kg vazndagi dzyudochimiz Jahongir Eshmanov bronza yo'lidagi o'tish bahsida mag'lub bo'lib, ettinchi o'rinni egalladi. 

Jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoamiz:

-81 kg: Farruh Boboev

-81 kg: Jahongir Eshmanov

-90 kg: Bekzod To'raboev

-100 kg: Jamshid Fayziev 

-100 kg: Muxtorxo'ja Tulaev 

 Malumot uchun, bugun kechqurun soat 01:30da O'zbekiston faxriy dzyudochilar delegaciyasi Lissabondan Toshkentga qaytib keladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing