15 avg 13:45
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				To'rt karra jahon chempioni 39 yoshida olamdan o'tdi
Velotrek bo'yicha Olimpiada chempioni avstraliyalik Stiven Vuldridj 39 yoshida olamdan o'tdi.
			Velopoygachining o'limiga nima sabab bo'lgani hozircha malum qilinmayapti.
"Stiven velotrek sport turida asosiy figuralardan biri edi, ayniqsa, o'zi tug'ilib o'sgan Yangi janubiy Uelsda. Bunday og'ir paytda Vuldridjning yaqinlari va oila azolariga hamdardlik bildiramiz", deyiladi shtat velosipedchilar ittifoqi bayonotida.
2004 yilgi Olimpiada o'yinlarida Stiven Vuldridj jamoaviy bahslarda oltin medalga sazovor bo'lgandi. Bundan tashqari, avstraliyalik sportchi ushbu yo'nalishda 4 karra jahon chempioni ham hisoblanadi (2002, 2003, 2004, 2006). U professional faoliyatini 2007 yilda yakunlagan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : uzbekistan24.uz
             
			
Fikrlar