24 apr 10:52
Yangiliklar
To'rt kurashchimiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun gilamga chiqadi
Bugun qita chempionatining so'nggi kuni erkin kurash bo'yicha qolgan 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Afsuski, Osiyo chempionatini oltin medalsiz yakunlaydigan bo'ldik. Erkin kurash terma jamoamizning kumush medalni ham qo'lga kirita olmasligi oydinlashdi.
Saralash bahslaridan so'ng Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro'zov, Bobur Islomov, Ajiniyaz Saparniyazov va Sardorbek Xolmatov kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Birgina Jahongirmirzo Turobov medal uchun kurashdan chiqdi.
Bronza medali uchun bahs:
-74 kg: Ixtiyor Navro'zov - Islambek Orozbekov (Qirg'iziston)
-86 kg: Bobur Islomov - Sayakbay Usupov (Qirg'iziston)
-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov - Viki Viki (Hindiston)
-125 kg: Sardorbek Xolmatov - Batmagnay Enxtuvshin (Mo'g'uliston)
Fikrlar