26 noy 10:23
Yangiliklar

To'rtta UFC turnirining o'tkazilishi xavf ostida qoldi
Bunga shtatda COVID-19 bilan kasallanish holatining keskin ortib ketgani sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda Nevada shtati gubernatori. Buning natijasida shtatning mamuriy markazi hisoblangan Las-Vegas shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan to'rtta UFC turniri xavf ostida qoldi.
"Biz kasallik tarqalish bo'yicha qo'shni shtatlarni ortda qoldira boshladik. Xatto o'rmon yong'inlaridan ham kasallik foizi ko'p. Arizonadan ham o'tib ketdik. Bu Nevada "qizil hudud"ga tushib qoldi degani. Tibbiyot xodimlarimiz kasallanganlar soni yanada ortishi bilan ogohlantirishmoqda", — dedi Nevada shtati gubernatori Stiv Sisolak.
Eslatib o'tamiz, 28 noyabr, 5, 12 va 19 dekabr kunlari Las-Vegasda UFC turnirlarining o'tkazilishi rejalashtirilgan. Aynan mana shu to'rtta turnir bilan 2020 yilgi UFC mavsumi yakunlanadi.
Fikrlar