13 may 19:20
Yangiliklar
Paralimpiya
Toshkent-2027 Jahon chempionati taqvimi elon qilindi
Xabaringiz bor, poytaxtimiz 2027 yilda para engil atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.
Butunjahon para engil atletika tashkiloti musobaqa taqvimini elon qildi. Unga ko'ra, XIII para engil atletika Jahon chempionati kelasi yilning 19-27 iyun kunlari oralig'ida "Olimpiya shaharchasi"da joylashgan "Olimpiya" stadionida o'tkaziladi.
Ushbu Jahon chempionati Markaziy Osiyo mintaqasi tarixidagi eng yirik xalqaro para sport tadbiriga aylanadi. Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalar o'ynaladi.

Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar