So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

22 sen 08:11
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent Gran-Prisi. Kechagi kun o'zbekistonlik dzyudochilarga ataldi FOTOGALEREYA

Poytaxtimizdagi ko'p tarmoqli “Humo Arena” mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining ikkinchi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Kecha erkaklar -73 va -81 kg, ayollar esa -63 hamda -70 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. 

Kechagi kun o'zbekistonlik dzyudochilarga ataldi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar azosi sharafiga mamlakatimiz madhiyasi yangrab, bayrog'imiz baland ko'tarildi. 

Hikmatulloh To'raev va SHarofiddin Boltaboev barcha raqiblarini engib, Toshkent Gran-prisi g'olibiga aylanishdi. Finalda mag'lub bo'lgan Kamoliddin Rasulov va Gulnoza Matniyazova kumush medal bilan taqdirlanishdi. 

Kechagi barcha g'olib va sovrindorlar:

-63 kg vazn toifasi

1. Katrin Antervurzacher (Avstriya)

2. Enrikelis Barrios (Venesuela)

3. Lyusi Renshall (Buyuk Britaniya)

3. Inbal SHemesh (Isroil)

-70 kg vazn toifasi

1. Elizavet Telcidou (Greciya)

2. Gulnoza Matniyazova (O'zbekiston)

3. Xilde Jager (Gollandiya)

3. Elvismar Rodriges (Venesuela)

Erkaklar 

-73 kg vazn toifasi

1. Hikmatulloh To'raev (O'zbekiston)

2. Behruzi Hojazoda (Tojikiston)

3. Bilal Kiloglu (Turkiya)

3. Magdiel Estrada (Kuba)

-81 kg vazn toifasi

1. SHarofiddin Boltaboev (O'zbekiston)

2. Kamoliddin Rasulov (O'zbekiston)

3. SHamil Borchashvili (Avstriya)

3. Sami SHushi (Belgiya)

Malumot uchun, Toshkent Gran-prisi g'oliblari 700 reyting ochkosini qo'lga kiritishdi. Kumush medal egalari 490, bronza medali bilan taqdirlangan dzyudochilar esa 350 ochkoga ega bo'lishdi. SHuningdek, 5-o'ringa 252, 7-pog'onadan joy olganlarga 182 ochko taqdim etildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing