So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

07 avg 08:14
Yangiliklar

Stol tennisi

Toshkent mahallalarining eng kuchli tennis va badmintonchilari aniqlandi FOTOGALEREYA

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida “Mahallamiz stol tennischilari” va Mahallamiz badmintonchilari” sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o'tkazildi.

Musobaqada mahallalararo va tuman bosqichida g'olib bo'lgan 11 ta tumanning sportchi yoshlari ishtirok etishdi. Sportning badminton turi bo'yicha “Mahallamiz badmintonchilari” musobaqasi yakuniga ko'ra 13-14 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida faxrli I-o'rinni Mirobod tumani “Inoqobod” mahallasidan Borisov Artyom, 2-o'rinni Yunusobod tumani “SHayx SHivli” mahallasidan SHomurodov Bobur, 3-o'rinni Uchtepa tumani “Nayman” mahallasidan Rahimberdiev Navro'zbek egalladi.

13-14 yoshli qiz bolalar o'rtasida faxrli I-o'rinni Mirobod tumani “Tong-Yulduzi” mahallasidan Isoqova Sevara, 2-o'rinni Yunusobod tumani “SHayx shivli” mahallasidan Egamberdieva Komila, 3-o'rinni esa SHayhontoxur tumani “Beltepa” mahallasidan Ahmadjonova Farangiz band etdi.

Mahallamiz stol-tennischilari musobaqasi yakuniga ko'ra 11-12 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida g'oliblik CHilonzor tumani “Nafosat” mahallasidan Xudoyorov Nodirbekka nasib etdi. Yunusobod tumani “SHayx SHivli” mahallasidan SHomurodov Amirxon ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Sergeli tumani “Navqiron” mahallasi ishtirokchisi To'laganov Rixsitilla yakun yasadi. 

Qiz bolalar o'rtasida faxrli I-o'rinni CHilonzor tumani “3-CHarx Kamolon” mahallasidan Qahramonjonova Lola, 2-o'rinni Bektemir tumani “Oltintopgan” mahallasi ishtirokchisi Nazarova SHirina va 3-pog'onani Yakkasaroy tumani “Muxandislar” mahallasi ishtirokchisi Yugina Ekaterinalar egallashdi. 

Musobaqa g'oliblari hamda ishtirokchilari Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Toshkent shahar kengashi hamda Toshkent shahar Kasaba uyushmasining esdalik sovg'alari va diplomlari bilan taqdirlandilar.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing