22 jan 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkent mezbonligidagi Octagon 84 turnirida mag'lubiyatsiz hamyurtimiz braziliyalikka qarshi jang qiladi
1 fevral kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan MMA bo'yicha Octagon 84 musobaqasi uchun navbatdagi jang elon qilindi.
Engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Asadbek Saidov turnir doirasida Braziliya vakili Gilerme Neres bilan to'qnash keladi. Asadbek Octagon League chempionlik kamari uchun davogarlardan hisoblanadi.
Malumot uchun, Saidov faoliyati davomida hozirgacha 6 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Neres hisobida esa 11 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar