21 fev 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkent mezbonligidagi Octagon League`ning asosiy jangi SHohasan Mirzamatov ishtirokida kamar uchun o'tkaziladi + POSTER
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Octagon League aralash yakka kurashlar tashkiloti yana poytaxtimizda musobaqa tashkil etadi.
2 aprel kuni "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan Octagon 85 turnirining asosiy jangi rasman elon qilindi. Yarimo'rta vazn toifasida tashkil etiladigan main-event`da 35 yoshli taniqli aralash yakkakurash ustamiz SHohasan Mirzamatov (16-4) Octagon League chempioni, qozog'istonlik 26 yashar Bogdan Pshebelskiy (7-2)ga qarshi oktagonga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, 19 dekabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" muz saroyida o'tgan Octagon 83 turnirida SHohasan Mirzamatov franciyalik Levi Karrielni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar