13 avg 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkent mezbonlik qiladigan World Boxing Jahon kubogi final turnirining sanalari o'zgardi
Xabaringiz bor, joriy yil poytaxtimiz boks bo'yicha World Boxing tashkiloti turniriga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilarning malum qilishicha, World Boxing Jahon kubogining final bosqichi 26 noyabr - 4 dekabr kunlari oralig'ida Toshkentda o'tkaziladi.
Avvalgi taqvimga ko'ra, turnir 25 noyabr - 2 dekabr kunlari bo'lib o'tishi kerak edi.
Hozircha musobaqaga aynan qaysi sport inshooti mezbon bo'lishi nomalum.
Havola :
Manba : World Boxing
Fikrlar