15 jan 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkent mezbonlik qiladigan World Boxing Jahon kubogining final bosqichi qaysi sanalarda o'tkazilishi malum bo'ldi
World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining o'tkazilish vaqtlari malum bo'ldi.
Unga ko'ra, birinchi bosqich 20-26 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida o'tkaziladi. Ikkinchi bosqich esa Xitoyning Guyyan shahrida 15-20 iyunda tashkil etiladi.
Xabaringiz bor, uchinchi, yani final bosqichiga Toshkent mezbonlik qiladi. Yurtimizda ushbu musobaqa 25 noyabrdan 2 dekabrgacha bo'lib o'tadi.
Boshqa musobaqalar vaqtlari va joylari nomi bilan ham, quyidagi suratda tanishib o'tishingiz mumkin.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar